Salom, biz CodeLab


Istalgan qiyinlikdagi dasturlash ishlari bilan shug‘ullanamiz. Asosan biznes uchun veb-saytlar, mobil ilovalar va botlar ishlab chiqamiz.
Chunki biz RKLM — reklama agentligi qoshida tashkil etilganmiz va marketing muammolarini hal qilish uchun bizda tajriba yetarli.

Biznesingizga koderlar kerak bo‘lsa, aloqaga chiqing.


+998(99) 869-00-11 info@codelab.uz

Faoliyat ko‘rsatadigan yo‘nalishlarimiz

Loyihalar ko‘ngildagidek ishlashi uchun bir qancha muhim narsalar bor. Biz esa ularni inobatga olamiz. Shu bois, quyida ularning asosiylari bilan sizlarni tanishtiramiz.

Dizayn

Dasturlash xuddi rassomlikka o‘xshaydi. Har kim chiza olishi mumkin. Biroq, hamma ham zo‘r asarlar yarata olmaydi. Bu esa dasturlash ishlarini amalga oshiradiganlarni tanlashda e’tibor qilish muhim jihat hisoblanadi. Biz dizaynni ishlarimizda asosiy deb hisoblaymiz va shu sabab ular yaxshi chiqadi.

Korporativ pochta

Kompaniya sayti nomida ochilgan elektron pochtalar brend va xodimlarning obro‘si hisoblanadi. Biz sizga info@saytnomi.uz yoki marketing@saytnomi.uz kabi Emaillar ochib beramiz. Bunday elektron pochtalar vizitkangizdan o‘rin egallab, brendingiz zamon bilan hamnafasligini ko‘rsatadi.

Mobil versiya

Juda ko‘pchilik mobil qurilmalar orqali internetdan foydalanadi va sayt smartfonlarda ham yaxshi ochilishi muhim hisoblanadi. Biz tayyorlaydigan saytlarning mobil versiyasi ham bo‘ladi va smartfonlarda chiroyli ko‘rinadi. Mobil ilova hamda botlar esa biznesning to‘liq mobil bo‘lishini ta’minlaydi.

Tez va ishonchli hosting

Ba’zi internet loyihalarning sekin ishlashi yoki to‘liq ishlamasligi yomon hostingda joylashganidan ham dalolat beradi. Shu bois, tezkor va ishonchli hosting tanlash zarur. Biz esa sizga yomonini tavsiya qilmaymiz. Saytingiz tez ishlashi va undagi ma’lumotlar o‘chib ketmasligiga kafolat beramiz.

Ishlarimizdan namunalar