Salom, biz Codelab

Bizneslar uchun dasturlash ishlari bilan shug‘ullanamiz. Professional koderlar kerak bo‘lsa, aloqaga chiqing.

Sayt tayyorlash

Veb uchun saytlar va boshqa kompyuter dasturlari ishlab chiqamiz.

Mobil ilovalar

Android va iOS qurilmalar uchun mo‘ljallangan ilovalar va o‘yinlar tayyorlaymiz.

Telegram botlar

O‘zbekistondagi eng ommabop messenjerda biznesingizni avtomatlashtiramiz.

SEO xizmati

Saytingiz Google yoki Yandex qidiruv tizimlarida yuqori o‘rinlarda ko‘rinishi uchun yordam beramiz.

Nega biz bilan ishlashadi?

Loyihalar ko‘ngildagidek ishlashi uchun bir qancha muhim narsalar bor. Biz esa ularni inobatga olamiz. Shu bois, quyida ularning asosiylari bilan sizlarni tanishtiramiz.

Dizayn

Dasturlash xuddi rassomlikka o‘xshaydi. Har kim chiza oladi, ammo hamma ham zo‘r asarlar yarata olmaydi. Dasturchilarni tanlaganda ham shunga katta e’tibor qilish kerak. Biz ishlarimizda dizaynni asosiy deb hisoblaymiz va shu sabab ular yaxshi chiqadi.

Mobil versiya

Ko‘pchilik mobil qurilmalar orqali internetdan foydalanadi va sayt smartfonlarda ham yaxshi ochilishi muhim! Biz tayyorlaydigan saytlar smartfonlarda ham chiroyli ko‘rinadi. Mobil ilova hamda botlar esa biznesning to‘liq mobil bo‘lishini ta’minlaydi.

Korporativ pochta

Kompaniya sayti nomida ochilgan elektron pochtalar brend va xodimlarning obro‘si hisoblanadi. Biz sizga info@saytnomi.uz yoki marketing@saytnomi.uz kabi Emaillar ochib beramiz. Ular vizitkangizdan o‘rin egallab, brendingizni mustahkamlaydi.

Tez va ishonchli hosting

Ba’zi sayt, ilova yoki botlarning sekin ishlashi yomon hostingda joylashganidan bo‘ladi. Shu bois, tezkor va ishonchli hosting tanlash zarur. Biz sizga yomonini tavsiya qilmaymiz — saytingiz tez ishlashi va undagi ma’lumotlar o‘chib ketmasligiga kafolat beramiz.

Qilgan ishlarimiz

UzTrans

Avvali

UzPFL

Magfin

Advice.uz

Migo Consulting

Aloqa ma’lumotlarimiz

Codelab — uzoq yillik ishonchli hamkoringiz!

Biznesingiz uchun sayt yaratish, mobil ilova tayyorlash, Telegram bot ishlab chiqish va ularni internetda yuritish uchun yordam beramiz. Biz bilan ishlab, biznesingiz uchun yangi mijozlar topasiz va ular safini kengaytirib, biznesingiz ham yiriklashadi. Oflayndagi raqobatchilardan o‘zib ketasiz va onlayndagi raqobatchilarga yetib olasiz!

Qo‘ng‘iroq qiling